Parta va stul to‘plami (lampali)


Stol ustligi ekologik toza MDFdan tayyorlangan bo‘lib, amaliy jihatdan qulayligi va uzoq xizmat qilishi bilan xarakterlanadi. Bukchayib qolishning oldini olish va sog‘lom qomatni ushlab turish maqsadida yozish, o‘qish va rasm chizish uchun stol ustligining optimal qiyalik burchagini o‘rnatish mumkin. Stol ustligining jilosiz qoplamasi shu’lalanmaydi, mexanik shikastlanishlarga chidamli, tozalikni saqlash uchun esa stolni nam matoli salfetka bilan artishning o‘zi yetarli. Stol ustligining tagida kitoblar, daftarlar va mayda kantselyariya mollarini saqlash uchun tortma yashik mavjud, Ajratgichlar tufayli penaldagi barcha buyumlarni batartib saqlash mumkin.

Stolning balandligi mexanik dastak yordamida oson to‘g‘irlanadi, shu tariqa bola o‘sishiga qarab stol balandligini ham to‘g‘irlash mumkin, shuning uchun stol ham maktabgacha yoshdagi bolalarga, ham maktab o‘quvchilariga ideal tarzda mos keladi. Zamonaviy dizayni tufayli stol xona intereri bilan uyg‘unlashib ketadi.

Gaz-lift texnologiyasi stol ustida ishlayotgan paytda maksimal darajada qulay bo‘lishi uchun stol ustligining qiyalik burchagini oson to‘g‘irlash imkonini beradi.

Kitoblar uchun metall taglik ko‘p funktsiyali javonga mustahkam mahkamlangan va ko‘rish qobiliyatini asrash va miopiya rivojlanishining oldini olish maqsadida bola ko‘zlaridan optimal masofada joylashgan. Taglik yoniga qalam saqlash uchun penal o‘rnatilgan.

LED lampa korpusining dizayni zamonaviy bo‘lib, yorug‘likning yorqinlik darajasini sensorli dimmirlash funktsiyasi bilan jihozlangan. U uchta rejimga ega: o‘qish uchun sovuq yorug‘lik, dam olish uchun iliq yorug‘lik va tong uchun tabiiy yorug‘lik.

Stol oyoqlari arka shaklida bo‘lib, pol qoplamasi notekis bo‘lganida stol oyoqlarini qo‘shimcha ravishda to‘g‘irlash imkoniyati mavjud. Stol oyoqlarining orasida metall to‘sgich joylashtirilgan bo‘lib, u konstruktsiyaning mustahkamligini oshiradi.

Maxsus jadval yordamida stol va stulchaning balandligini bolaning bo‘yiga muvofiq bexato qayd etish mumkin, Lekin baribir har bir kishining individual parametrlarini inobatga olish kerak. Stulchaning balandligi bir qo‘lda oson va to‘siqsiz to‘g‘irlanadi.

Kengligi, sm90
Chuqurligi, sm65
Kafolat1 god
Balandlikni rostlashDa
Qiyalik burchagi0-60 grad.
Bolaning eng kam bo‘yi, sm115
Karkas materialimetall
Balandligi, sm52 – 79

Fikr qoldiring

avatar
  Подписаться  
Уведомление о